Telegram Group Search
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Senat ishchi guruhining Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2101

#Surxondaryo #Senat #urganish #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat e’lon: Piyoz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun telegram guruhi tashkil etildi

🧅 Surxondaryo viloyati va Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida vohamizda yetishtirilgan piyoz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Ushbu kelishuvlarga asosan viloyatimiz hududlarida tadbirkor dehqonlardan mahsulotlarni sotib olish uchun qabul punktlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, viloyat rahbarining topshirig‘iga asosan mahsulot yetishtiruvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🤝 Ushbu guruh orqali dehqonlar o‘z mahsulotlarini taklif qilishlari, xaridorlar bilan savdolashishi hamda oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishlari mumkin.

🔗 Mazkur telegram guruhiga quyidagi haqola orqali ulanishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/+ptljmi-tTO9lYTgy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar hamda qurilish sohasidagi loyihalarning borishi bilan tanishdi.

Xususan, “UMS” MChJning Termiz shahridagi savdo ofisida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mobil operatorlarning faoliyati yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Shuningdek, Termiz shahrida “IT park” va “IT academiyasi” filiali va renovatsiya asosida ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi, 12-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati va “Alpomish” sport majmuasidagi ta’mirlash ishlarining borishi hamda Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda hududdagi yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2102

#Surxondaryo #telekommunikatsiya #ITpark #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
“Boysun bahori” xalqaro etno-festivali o‘tkazilayotgani natijasida Surxondaryoda sayyohlar oqimi 4 karra ko‘paydi – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari hozirgi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda turizm kabi yangi ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
〰️〰️〰️

Mutasaddilar va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya, Xitoydan maslahatchilarni jalb qilgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har biriga kamida 50 million dollarlik investitsiya jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
〰️〰️〰️

Yana bir masala – tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayotganligi tanqid qilindi.

Mutasaddilarga akvapark va basseynlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master reja ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif etish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2024/06/03 15:20:17
Back to Top
HTML Embed Code: